12:40 / 02.12.2016
35087

Prezidentlik saylovi natijasi qachon e'lon qilinishiga oydinlik kiritildi

2 dekabrda «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubida “O‘zbekistonda saylov qonunchiligi: So‘nggi innovatsiyalar” mavzusidagi beshinchi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Rahimjon Hakimov, Shuhrat Yoqubov, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili o‘rinbosari Sanjar Hamidullayevlar qatnashishdi. 

O‘zbekistonda Prezidentlik saylovi natijasi qachon e'lon qilinishi masalasiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov oydinlik kiritdi: 

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan kundan keyin 10 kun ichida Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e'lon qiladi”, dedi u.

Mavzuga oid
Top