16:40 / 07.12.2016
9361

Tojikiston xalq shoiri Mirzo Fayzali vafot etdi

Qisqa davom etgan kasallik oqibatida Tojikiston xalq shoiri Mirzo Fayzali 6 dekabr kuni o‘z shahri Vaxdatdagi uyida 75 yoshda vafot etdi.

Tojikiston yozuvchilar uyushmasining xabar berishicha, shoir ona shahri Vaxdatda bugun, 7 dekabr kuni yerga qo‘yiladi.

Mirzo Fayzali 1942 yilning 9 may kuni Vaxdatning Chirtak qishlog‘ida dunyoga kelgan. U Tojikiston Milliy universitetining tojik filologiyasi fakultetini bitirgan.

1991 yildan boshlab Tojikiston yozuvchilar uyushmasiga a'zo. 40 yildan ortiq vaqt mobaynida she'riyat bilan shug‘ullangan bo‘lib, o‘nlab she'riy kitoblari bosmadan chiqqan.

Top