Armaniston FVV rahbari 55 yoshida vafot etdi
Armaniston favqulodda vaziyatlar vaziri Armen Yeritsyan seshanba kuni 55 yoshida vafot etdi, deb xabar bergan RIA Novosti’ga FVV matbuot xizmati.
Avvalroq, Yeritsyan “Nairi” tibbiy markaziga og‘ir ahvolda yotqizilgani xabar berilgandi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, unda onkologik kasallik bo‘lgan.
Yeritsyan 1960 yilning 25 dekabr kuni tavallud topgan. U 1982-2010 yillarda Armaniston politsiya tizimida mehnat qildi: tashqi xizmat militsioneridan respublika politsiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari darajasigacha ko‘tarildi. 2010-2014 yillarda esa favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgan. 2014-2016 yillarda favqulodda vaziyatlar va hududiy boshqarma vaziri lavozimida ishlagan. 2016 yilning 24 fevralidan boshlab favqulodda vaziyatlar vazirligini boshqargan.
Mavzuga oid
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024