APLning 17-turida "Chelsi" safarda "Kristal Pelas"ga qarshi maydonga tushdi. "Selherst Park" o‘yingohida kechgan uchrashuv "Chelsi"ning kichik 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdagi yagona golni 1-bo‘lim oxirlarida Diyego Kosta kiritdi.
Shu tariqa, Antonio Konte shogirdlari APLda qatorasiga 11ta uchrashuvda g‘alaba qozondi. Hozirda jamoa 43 ochko bilan eng yaqin ta'qibchilarini 9 ochkoga ortda qoldirmoqda.
APL, 17-tur.
Kristal Pelas – Chelsi 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 43 Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Uord (17), Diyego Kosta (22), Kante (60), Dileyni (82), Fabregas (90).