Fransiya TIV rahbari AQShni ogohlantirdi
AQShning Yevropani ajratishga bo‘lgan urinishlari bekor, zero Vashington Yevroittifoq o‘z a'zolariga taklif qilayotgan ustunliklarni ta'minlay olmaydi. Fransiya TIV rahbari Jan-Mark Eyro Journal du Dimanche'ga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi.
"Ularning yevropaliklarni ajratishga bo‘lgan har qanday urinishlari zoye ketishi borasida bahslashishim mumkin. Qo‘shma Shtatlar Yevroittifoq taklif qilayotgan ustunliklarning hech birini ta'minlay olmaydi", - deydi Jan-Mark Eyro.
Eyroning ta'kidlashicha, hatto Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ham, Birlashgan Qirollikning YeIdan chiqish to‘g‘risidagi referendum natijalariga qaramay, AQSh prezidenti Donald Trampga Yevropani "kuchli hamkor" sifatida ko‘rish zarurligiga ishora qilgan.
TIV rahbari Fransiya prezidentlik saylovlariga na Rossiya va na AQShning aralashuviga yo‘l qo‘ymasligini ta'kidlagan. "Rossiya ichki ishlarga aralashmaslik xalqaro munosabatlarning asosiy tamoyili hisoblanishini birinchilardan bo‘lib ma'lum qilishi kerak va men buni qabul qilaman. Fransiya va fransuzlar ularning tanlovini boshqa birov boshqarishiga yo‘l qo‘ymaydi", - dedi Eyro va Yevropadagi barqarorlik ham Moskva, ham Vashington manfaatlari uchun xizmat qilishiga urg‘u berdi.
Mavzuga oid
23:44 / 31.10.2024
Respublikachi Shvarsenegger saylovda demokrat Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlashini aytdi
22:23 / 30.10.2024
AQSh Rossiya «do‘stlariga» qarshi sanksiyalar kiritdi
22:15 / 29.10.2024
AQSh va Yevropa nima sababdan turlicha iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelyapti?
22:11 / 29.10.2024