Xitoylik Tan Chjun'i shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida jahon chempioniga aylandi. U Tehron shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqaning finalida ukrainalik Anna Muzirchukni tay-breykda ortda qoldirdi hamda bosh sovrin sohibasiga aylandi.
Avvalroq raqiblar finalda to‘rtta partiya o‘tkazishib, seriya durang – 2:2 hisobida yakunlandi, shundan so‘ng tay-breyk belgilandi.
Yakunda may oyi oxirida 26 yoshga to‘ladigan Tan Chjun'i tay-breykda 1,5-0,5 hisobida zafar quchdi va o‘z faoliyatida ilk bora jahon chempioni sovrinini qo‘lga kiritdi.