Sport | 08:13 / 19.03.2017
10386
2 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Atletik»ka qarshi o‘yin vaqtida zaxiraga olingani uchun norozi bo‘lgan

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya chempionatining 29-turida «Atletik»ka qarshi safarda kechgan va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yin davomida almashtirilganidan norozi bo‘lgan. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Madridliklar jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Ziden 79-daqiqada portugaliyalik futbolchining o‘rniga Iskoni maydonga tushirgandi.

Nashrning ta'kidlashicha, Ronaldu Zidanning bu qaroriga tushunmagan. Maydondan chiqib ketayotib futbolchi so‘kingan va «Nega men?» degan. Shu bilan birga murabbiy va futbolchi bir-biriga qo‘l tashlagan.

Ronaldu ushbu uchrashuvdagi gollarning ikkisiga ham pas berdi. U Yevropadagi ligalar bo‘yicha eng ko‘p gol urgan angliyalik sobiq futbolchi Jimmi Grivzning rekordini yangilashi uchun bir gol kifoya qiladi. Ayni vaqtda ikki futbolchi hisobida ham Yevropadagi chempionatlardagi jamoalar safida urilgan 366tadan gol mavjud. 

Mavzuga oid