Xitoyning Xunan viloyatida yuk mashinasini ag‘darilib ketdi. Buning oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Voqea Chenchjou shahar okrugidagi Susyan tumanida taxminan soat 17.50da yuz bergan. Yuk mashinasi haydovchisi va operator-kompaniya vakili qo‘lga olingan. Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
Avariya sabablari aniqlashtirilmoqda.