“Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonuni (yangi tahriri) loyihasi tayyorlandi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ishlab chiqqan. Qonun loyihasi ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarining muhokamasi tizimiga joylashtirilgan.
Qonunni yangi tahrirda qabul qilishning maqsadga muvofiqligi hujjat loyihasidagi qo‘yidagi yangi kiritilayotgan asosiy qoidalarda mujassamlashgan:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining preambulasi va 17-moddasi, Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasining II bo‘lim beshinchi xatboshisi, xorijiy tajriba va xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib, xalqaro shartnomalarning O‘zbekiston Respublikasi huquqiy tizimidagi o‘rni va mohiyati belgilandi. Bunga ko‘ra,
mamlakatning xalqaro bitimlari davlat huquqiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi;
qonun loyihasida ishlatiladigan tushunchalarni bir hilda talqin qilish maqsadida va qonunchilik texnikasidan kelib chiqib, shuningdek 1969 yildagi Vena konvensiyasi va xorijiy davlatlarning qonun ijodkorligi amaliyotida foydalanilgan tushunchalarni inobatga olgan holda loyiha matni “tushunchalar apparati” bilan to‘ldirilgan;
har bir bitim loyihasiga tushuntirish xati tayyorlanishi bo‘yicha yangi talablar kiritilgan bo‘lib, amaliyotda ushbu talab ishlab chiqilayotgan hujjatlar sifatini yanada oshirishga hamda mamlakat uchun faqatgina amaliy ahamiyat kasb etadigan shartnomalarning tuzilishiga olib keladi;
xalqaro shartnomalarni huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik va lingvistik, shuningdek boshqa turdagi ekspertizadan o‘tkazish mexanizmlari belgilandi.
Mazkur mexanizmlar bitimlar tuzishning oqibatlarini har tomonlama va chuqur o‘rganish, ularning sifatini baholash, mamlakatning u yoki bu hujjatlardagi ishtirokining asosliligini, dolzarbligini va huquqiyliligini aniqlashga xizmat qiladi.
Mazkur yangi qoida bu kabi hujjatlarni, xususan oliy va yuqori darajadagi tashriflar oldidan ishlab chiqishda tezkorlikni ta'minlaydi.
Mazkur hujjat loyihasiga yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha taqqoslash jadvali ilova qilingan.
Loyiha yuzasidan taklif va mulohazalaringizni regulation.gov.uz veb-sahifasida qoldirishni so‘raymiz.
Mavzuga oid
15:00 / 28.09.2024
BMT bosh qarorgohida O‘zbekiston raisligida yuqori darajadagi muhokamalar bo‘lib o‘tdi
14:26 / 18.10.2022
O‘zbekiston va Turkiya so‘rovga ko‘ra o‘zaro mahkumlarni topshiradi. Qonun loyihasi qabul qilindi
11:46 / 19.10.2021
Go‘sht, kartoshka va muzlatilgan baliqni O‘zbekistonga olib kirishda soliq imtiyozi beriladi – Qonun loyihasi
16:18 / 23.04.2019