"AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati oldingi prezident Barak Obama davrida qabul qilingan bir qator qonunlarning bekor qilinishi ortidan Amerika soliq to‘lovchilari 10 milliard dollarni iqtisod qilishganni hisoblab chiqishgan", — dedi Oq uy vakili konfrents-kol doirasida.
"O‘n bitta farmon imzolandi, yana ikkitasi imzolanishni kutib turibdi. Amerika soliq to‘lovchilari 10 milliard dollar iqtisod qilishdi", — deya u yaqin orada Obama tomonidan qabul qilingan qonunlarning bekor qilinishi yanada intensiv tarzda ro‘y berishini ta'kidladi va bunga sabab qilib aprel oyi so‘ngiga — Kongress ta'tilga chiqqunga qadar ulgurib qolish lozim ekanligini ko‘rsatib o‘tdi.
Oq uy vakili, shuningdek, Obama hokimiyat tepasida bo‘lgan davrda 600 ga yaqin qonun qabul qilingani va bu soliq to‘lovchilarga 7 milliard dollar zarar keltirganini ham ta'kidlab o‘tdi.