2017 yilning shu kuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 170 ta yong‘in sodir bo‘lib, ulardan kelgan moddiy zarar 200 million so‘mdan oshgan. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda.
Eng afsuslanarlisi, ularda 8 nafar inson halok bo‘lib, 1 kishi tan jarohati olib shifoxonaga tushgan.
Tabiiy gazdan foydalanganda alohida e'tibor qaratilishi talab etilmoqda. Masalan, shu yilning 1 fevral sanasida Qo‘ng‘irot tumanida vaqtincha hisobda turgan 2 fuqaro va 1 nafar o‘smir uyidagi qo‘lbola isitish vositasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etgan.