10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Saudiya Arabistoni Podshohligining favqulodda va muxtor elchisi Hishom ibn Mish'al ibn Suvaylimni qabul qildi.
TIV matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan suhbat davomida ikki tomon munosabatlari hamda xalqaro tashabbuslar doirasidagi hamkorlikning dolzarb jabhalari ko‘rib chiqilgan.