2016/17 yilgi mavsum yakuniga ko‘ra, Italiya A Seriyasi Yevropadagi beshlik chempionatlari orasida eng ko‘p gol urilgan chempionat bo‘ldi. Mavsum davomida jamoalar jami 1123ta gol urishgan.
Bu borada ikkinchi o‘rinni Ispaniya Primerasi egallagan (1118 gol). Keyingi o‘rinlarda Angliya Premer-ligasi (1064), Liga 1 (991) va Bundesliga (877) joylashgan.
Italiya chempionatidagi eng samarador jamoa «Napoli» bo‘ldi, bu jamoa futbolchilari 94 gol urishgan. A Seriyaning reytingda birinchi o‘rinda bo‘lishiga «Roma» ham yaxshigina hissa qo‘shgan (90 gol).
Top-5 vakillari orasida eng ko‘p gol urgan jamoa esa «Barselona» bo‘ldi, bu jamoa futbolchilari raqib darvozalariga 116 marta gol yo‘llagan.