17:54 / 03.06.2017
10552

Pitstsa haqida insho yozgan qiz Yyel universitetiga o‘qishga qabul qilindi

Amerikalik Karolina Uilyams ismli qiz Yyel universiteti qoshidagi kollejlardan biriga pitssaga “muhabbati” haqida yozgan inshosini yuborib, o‘qishga qabul qilindi.

Qiz pitssa yetkazib berish jarayonida “quvonchli his-tuyg‘usi” ifodalangan esse yozgan. “Menga pitssani buyurtma qilish har doim yoqqan, sababi bu sakkiz bo‘lak menda erkinlik va birdamlik hissini uyg‘otadi”, - dedi Uilyams.

U inshosi matni va Yyel universiteti qabul komissiyasining javobini o‘z tvitterida e'lon qildi.

Shundan so‘ng pitstseriya qizga javob yozgan va inshoning to‘liq matnini yuborishni so‘ragan: “Tabriklaymiz, Karolina! Sen esseni bizga bag‘ishlaganingdan juda farxlanamiz. Uni bizga yubor, iltimos”.

Qizning aniqlik kiritishicha, o‘qishga kirish uchun yozilishi lozim bo‘lgan inshoga aniq mavzu belgilab berilmagan, “siz haqiqatdan ham nimani yoqtirib qilishingiz haqida” yozish talab etilgan. Uilyamsning qo‘shimcha qilishicha, unga pitssa haqida insho yozish g‘oyasi kelgan, sababi u bu taomni har haftada buyurtma qilgan.

Qabul komissiyasidagilarning aytishicha, qizning matni tufayli “miriqib kulishgan”. Ular Uilyamsni tanlagan mavzusi uchun maqtashdi va kollejdan joy taklif qilishdi. Qizning so‘zlariga ko‘ra, Yyel universitetiga kirishdan bosh tortadi va Obern universitetiga hujjatlarini yuboradi, sababi uyiga yaqinroq bo‘lmoqchi.

Mavzuga oid
Top