13:48 / 03.07.2017
11508

Shavkat Mirziyoyev Tataristondagi fojia munosabati bilan hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga Tataristonda yo‘lovchilar avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragani oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohatlanishi munosabati bilan maktub yo‘lladi.

«Samimiy ta'ziyamni qabul qilishingizni va halok bo‘lganlarning oila a'zolari hamda yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yetkazishingizni so‘rayman, jarohatlanganlarga tez orada sog‘ayishlarini tilayman», - deyilgan davlat rahbari maktubida.

2 iyul, yakshanbaga o‘tar kechasi Zainsk shahridan 9 kilometr uzoqda KamAZ yuk avtomobili va «Neoplan» yo‘lovchi avtobusi to‘qnashdi. Samara — Ijyevsk yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus ag‘darildi va yonib ketdi. Hodisa oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 14 kishi jarohatlandi, ayni damda ularning 12 nafari shifoxonada qolmoqda.

Mavzuga oid
Top