2017 yilning 3 avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Issiqko‘l viloyatining Qizil O‘ruk qishlog‘ida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida jarohat olgan o‘zbekistonlik fuqarolar ro‘yxati Tashqi ishlar vazirligi saytida e'lon qilindi.
O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, quyidagi O‘zbekiston fuqarolari jarohat olgan:
1. Orlova Yelena Aleksandrovna, 1976 yilda tug‘ilgan;
2. Orlov Igor, 2006 yilda tug‘ilgan;
3. Orlova Veronika, 2006 yilda tug‘ilgan;
4. Li Yana Andreyevna, 2004 yilda tug‘ilgan;
5. Xan Janna Mixaylovna, 1969 yilda tug‘ilgan;
6. Obedkova Lyudmila Aleksandrovna, 1952 yilda tug‘ilgan.
Jarohatlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish uchun elchixonaning konsullik bo‘limi vakili mazkur viloyatga yetib borgan.