WikiLeaks sayti AQSh Markaziy razvedka boshqarmasiga tegishli maxfiy hujjatlarning yangi qismini e'lon qildi.
«WikiLeaks Markaziy razvedka boshqarmasining CouchPotato loyihasi uchun boshqaruv yo‘riqnomasini e'lon qilmoqda. CouchPotato – bu RTSP / H.264 videoqimlarini yig‘ish uchun masofadan turib boshqariluvchi loyiha», - deyiladi saytdagi xabarda.
Ta'kidlanishicha, dastur videoqimlarni AVI videofayli shakli yoki oqimning alohida kadrlari JPG fotosuratlarini yig‘ish imkonini beradi.
27 iyul kuni Wikileaks MRBning kiberjosuslik vositalari haqidagi maxfiy hujjatlarni chop etgandi.