Jahon | 10:27 / 11.08.2017
11088
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda yuk mashinasidan ag‘darilib ketgan pitssalar harakatning to‘xtashiga olib keldi 

AQShning Arkanzas shtatida muzlatilgan pitssalar olib ketayotgan yuk mashinasi ishtirokida noodatiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

YTH oqibatida yuk mashinasidan yuzlab pitssalar yo‘lning qatnov qismiga ag‘darilgan va 4 soat davomida harakatning to‘xtashiga olib kelgan. 

“Yuk mashinasi ko‘prik ustuniga tegib ketgan. Oqibatda muzlatilgan pitssalarni olib ketayotgan yuk mashinasi tirkamasi kesilib ketgan va undan Arkanzas yer usti transporti boshqarmasi binosi qarshisidagi yo‘lga pitssalar ag‘darilgan”, deb aytilgan xabarda.

Boshqarma vakili Denni Stresslning aytishicha, YTH oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yo‘lni pitssalardan tozalash uchun esa 4 soat talab qilingan. Ta'kidlanishicha, voqea yuz bergan trassa Dallas va Memfisdan g‘arb tomondagi hududlarni, Tennesi va boshqa ko‘plab joylarni bog‘lovchi asosiy yo‘lning bir qismi bo‘lgan. Shu sabab voqea oqibatida katta tirbandlik yuzaga kelgan.

Mavzuga oid