Jahon | 19:12 / 20.08.2017
7923
1 daqiqa o‘qiladi
Avstriya TIV rahbari Erdo‘g‘anni qoralab chiqdi
Avstriya tashqi ishlar vaziri Sebastyan Kurtsning ma'lum qilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning boshqa davlatlar siyosatiga aralashishini qabul qilmaydi. Bu haqda Die Welt xabar bermoqda.
«Erdo‘g‘anning boshqa davlatlarning ichki ishlariga doimiy ravishda aralashishini – bu nafaqat Germaniyada bo‘layotgan holat – men qabul qilmayman», - dedi Kurts.
Erdo‘g‘an Germaniyada yashovchi turklarni amaldagi kansler Angela Merkelga ovoz bermaslikka chaqirdi. Bunday bayonot GFR TIV rahbari Zigmar Gabriel tomonidan salbiy qabul qilindi.
Erdo‘g‘an esa Germaniya tashqi ishlar vaziriga “joyini bilishni” maslahat berdi.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2024
Rossiya Avstriyaning ORF media-kompaniyasi byurosi rahbarini mamlakatdan chiqarib yubordi
14:49 / 02.04.2024
Rossiya josusligi sababli Avstriyada milliy xavfsizlik kengashi chaqiriladi
14:05 / 06.03.2024
Avstriyada tezlikni oshirgani uchun avtomobil musodara qilindi
09:00 / 04.03.2024