AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeoning fikricha, «Al-Qoida» terrorchilik guruhi yetakchilarining kuni tugab bormoqda.
U bu haqda Fox News kanalidagi ko‘rsatuv vaqtida ma'lum qildi.
«Agarda, men ularning o‘rnida bo‘lganimda, o‘z kunlarimni sanay boshlagan bo‘lardim», - deya ma'lum qilgan Pompeo.
Avgust oyi o‘rtalarida Mayk Pompeo Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning keskinlashishi ortida uning ixtiyorida bo‘lgan razvedka ma'lumotlari yaqin orada yadro urushi boshlanishi imkoniyatini istisno qilishini aytgandi.