00:53 / 18.09.2017
27342

iPhone X’ning tannarxi qanchaligi ma'lum bo‘ldi

Foto: Reuters

Mutaxassislar yangi iPhone X smartfonining butlovchi qismlari tannarxini ma'lum qilishdi. Aniqlanishicha, ushbu qiymat smartfonning narxidan 60 foiz kamroqni, ya'ni 412 dollarni tashkil qilar ekan. Ta'kidlanishicha, hozirda iPhone X narxi 999 dollar atrofida baholanmoqda.

Biroq shu bilan birga mutaxassislarning aytishicha, bu smartfonning yakuniy tannarxi emas, chunki unda gadjyetning yig‘ilishi, logistikasi va boshqa ko‘plab muhim xarajatlar hisobga olinmagan.

Mavzuga oid
Top