22:40 / 05.10.2017
16245

Levandovski tarixga kirdi

«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski Polsha terma jamoasi safida 2018 yilgi jahon chempionati saralashi doirasida Armaniston termasiga qarshi uchrashuvda het-trik qayd etdi.

29 yoshli hujumchi milliy terma jamoa uchun 48, 49 va 50-gollarini urdi hamda terma tarixidagi eng yaxshi bombardirga aylandi.

Bungacha bo‘lgan rekord Vlodzimej Lyubanskiga tegishli edi, u Polsha terma jamoasi uchun 48 gol urgan.

Levandovski milliy terma jamoa safida 2009 yilda debyut qilgan va o‘tgan vaqt ichida 90 o‘yinda maydonga tushgan.

Shuningdek, «Bavariya» futbolchisi jahon chempionatiga saralash bosqichida urgan gollari sonini 15taga yetkazib rekord o‘rnatdi.

Bundan avvalgi rekord germaniyalik Gerd Myuller va portugaliyalik Krishitanu Ronalduga tegishli edi (14tadan gol). Ronalduda Levandovskini bombardirlar poygasida quvib o‘tib, yangi rekord o‘rnatish uchun ikkita o‘yin bor (Andorra va Shveytsariya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar), polshalik futbolchi ham yana bir uchrashuvda o‘z imkoniyatini sinab ko‘radi (Chernogoriyaga qarshi Varshavadagi o‘yin).

Top