O‘zbekiston | 12:00 / 14.10.2017
18343
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroporti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi

Foto: fb.com/Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifini Urganch xalqaro aeroportida bajarilgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Urganch xalqaro aeroporti zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Bir soatda 300 yo‘lovchini kuzatish va 300 yo‘lovchini kutib olishga mo‘ljallangan terminallar, xizmat ko‘rsatish xonalari, savdo shoxobchalari tashkil etilgan, yon-atrof obodonlashtirilgan, deyiladi xabarda.

Davlat rahbari topshirig‘iga muvofiq aeroportda rasmiy delegatsiyalar, yuqori martabali mehmonlarni kutib olish uchun zarur sharoit yaratilmoqda. 

Prezident bu borada amalga oshirilgan ishlar va galdagi rejalar bilan tanishdi. Aeroport faoliyatini takomillashtirish, mehmonlar uchun qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Mavzuga oid