15:20 / 27.10.2017
49023

Zavodga sayohat. O‘zbekiston bozoridagi haqiqiy amerikacha kola

Biz to‘y-tantana, tug‘ilgan kun va tadbirlardagi dasturxonlarni kola ichimligisiz tasavvur qila olmaymiz. Hattoki, eng nozik ta'bli iste'molchi ham bu ommabop gazli ichimlikni hayotida bir marta bo‘lsa ham tatib ko‘rgani aniq. Qolaversa, O‘zbekistonda kola ichimliklari qatoriga yana bir brend kelib qo‘shildi — RC Cola.

«Asl Amerika ta'mi» deya bong urayotgan bu yangi ichimlik ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar RC Cola konsentrati chindan ham AQShdan keltirilishiga shubha bildirgan bo‘lsa, yana boshqalar uning ta'mi biz bilgan Coca-Cola bilan tenglasha olmasligini aytib o‘tgan.

Shu o‘rinda ham jurnalist, ham iste'molchi sifatida kichik bir tadqiqot o‘tkazishga qaror qildik. Xo‘sh, siz biron-bir mahsulot ta'miga baho berishdan avval uni ishlab chiqarish jarayoni, tarkibiy qismi, foydali va zararli jihatlari bilan yaqindan tanishib chiqasizmi? Albatta, yo‘q. Kamdan-kam hollarda kishi o‘zi tanovul qiladigan mahsulotlarga obektiv baho bera oladi.

Tadqiqotimni dastavval «degustatsiya» jarayonidan boshlashga qaror qildim. Ma'lumki, O‘zbekiston bozorida hozirda uch turdagi kola brendi mavjud: Coca-Cola, Pepci Cola hamda RC Cola. Ularning ta'midagi farqni aniqlash maqsadida uchtasini xarid qildim.

1. Coca-Cola – biz bilgan va o‘rgangan odatiy maza. Kuchli gazlangan, rangi ham tiniq qora.

2. Pepci Cola – birinchi ichimlikka nisbatan biroz shirinroq va kuchli gazlangan. Coca-Cola bilan solishtirganda albatta, ta'mda katta farq seziladi.

3. RC Cola – biz bilgan kolani yodga soladi, biroq ichimlik iste'mol qilganingiz sari qandaydir boshqa bir mazani his qilasiz. 

Demak, har bir kolaning takrorlanmas lazzati, o‘zgacha ta'mi mavjudligiga yana bir ishonch hosil qildik. Endi navbat - konsentratga! Biroq undan avval konsentrat nima ekanligi bilan tanishib olamiz:

Konsentrat – (lotincha «Concentratus») tayyor ozuqa mahsuloti bo‘lib, gazli ichimliklarga qo‘shiluvchi asosiy tarkibiy qismdir.

Sayohatimni RC Cola ishlab chiqaradigan zavoddan boshlashga qaror qildim. Asosiy maqsad esa ichimlik konsentrati chindan ham Amerikadan olib kelinishiga va boshqa ko‘plab qo‘shimcha savollarga javob topish edi.

RC Cola kompaniyasining O‘zbekistondagi idorasiga tashrif buyurganimizda bizni kompaniya vakillari iliq kutib olishdi. Xodimlar bilan bo‘lgan qiziqarli suhbat davomida yangi ichimlik haqidagi ayrim savollarga oydinlik kiritildi.

RC Cola «Asl Amerika ta'mi» deya e'tirof etilmoqda, lekin nima uchun AQShda yashaydigan ko‘plab yurtdoshlarimiz bu ichimlikni bilishmaydi?

— Kola ishlab chiqariladigan kompaniyalar orasida RC Cola ichimliklar bozorida kattaligi jihatdan Coca-Cola va Pepsi Cola’dan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Barchaga ma'lumki, AQShdagi shtatlar soni ko‘p bo‘lib, har birining o‘z an'analari, odatlari mavjud. RC Cola asosan, janubiy hududlarda keng tarqalgan. Shuningdek, biz boshqa kompaniyalarga nisbatan hali kichik korxonamiz. Kompaniyamiz bosh idorasi Jorjiya shtati, Kolumbus shahrida joylashgan bo‘lib, RC Cola konsentrati ham an'analarga sodiq qolgan holda hanuzgacha aynan shu yerdan keltiriladi.

Kola mahsulotlari inson salomatligiga zararli ta'sir ko‘rsatadimi?

— Har bir mahsulot me'yoridan ortiq iste'mol qilinsa, salomatlikka o‘z ta'sirini o‘tkazadi. RC Cola ham qandli diabetga chalingan bemorlarga, yoshi kichik bolalarga, qon bosimi oshadigan va jigar xastaligi mavjud insonlarga, homilador ayollarga (1 stakandan ortig‘i) tavsiya etilmaydi. Biroq salomatligidan shikoyati yo‘q iste'molchilarga RC Cola’ni me'yorida ichish zararli emas.

Kompaniyada faqat kola ichimligi ishlab chiqariladimi? Yoki fanta, sprayt kabi mashhur ichimliklar muqobilini ham taklif qilish rejada bormi?

— RC Cola yuz yillik tarixga ega ichimlik bo‘lib, kompaniyada bundan tashqari, RC Refresher Lemon, RC Refresher Orange, RCQ Craft kabi limon va apelsin ta'mli gazli ichimliklar ham ishlab chiqaradi.

Nima uchun 0.5, 1 va 1.5 litrli idishlarda sotuvga chiqariladi? Bankali yoki shishali qadoqlarda ham sotuvga chiqarish rejalashtirilganmi?

— Albatta, biror bir mahsulotni sotuvga chiqarishdan avval uning iste'molchilar talabi hisobga olinadi. Hozirda ichimlik xaridorbop idishlarda sotuvga chiqarilmoqda. Kelgusida boshqa turdagi idishlarda ham qadoqlash imkoniyatlarini o‘rganib chiqamiz.

Eksklyuziv. RC Cola’ning yangi 0,33 litrdagi qadog‘i.

RC Cola ichimligini  qanday haroratda ichish tavsiya etiladi?

— Odatda, 10-12 darajadagi haroratda ichish tavsiya etiladi. Lekin kimlardir tomoq og‘rig‘idan xavotir olsa, 15 darajada iste'mol qilishi mumkin. Yana bir haqiqat borki, harorat, inson kayfiyati, holati ham ichimlik ta'miga baho berishga ta'sir qiladi.

Shu kuni biz ichimlik ishlab chiqariladigan zavodga ham tashrif buyurib, RC Cola konsentrati keltirilgan qutilarni ko‘zdan kechirdik. Ko‘rib turganingizdek, konsentrat chindan ham Amerikadan keltirilishiga guvoh bo‘ldik.

Shuningdek, men bu bilan qanoatlanmay, RC Cola International kompaniyasining direktoriga xat yozdim. Quyida murojaatimga yo‘llangan javobni havola etaman:

RC Cola International rahbariyati ham ichimlik konsentrati chindan ham Jorjiya shtatidagi bosh zavoddan O‘zbekistonga jo‘natilishini tasdiqladi.

Biz maqolamizda xolislik bo‘lishi uchun boshqa kola brendlariga ham murojaat qildik. Coca-Cola va Pepsi Cola’ning O‘zbekistondagi idoralariga konsentratlar qayerda tayyorlanishini so‘rab, bog‘langanimizda, kompaniya vakillari bu ma'lumot sir tutilishini aytib, hech qanday izoh berishmadi.

Nima ham deymiz? Biz uchun RC Cola O‘zbekiston zavodida olgan yangi ma'lumotlarimiz ham yetarlicha taassurot qoldirdi.

Darvoqe, bilasizmi?

·RC Cola «Royal Crown» (Qirollik toji) so‘zining qisqartmasidir.

·Ilk bor RC Cola 1905 yilda kolumbiyalik farmatsevt Klaud A. Hetcher tomonidan ishlab chiqilgan.

·Hozirda u dunyoning 55dan ortiq mamlakatida iste'mol qilinadi. 

·Ichimlik konsentranti muddatga qarab, samolyot yoki dengiz yo‘li orqali O‘zbekistonga olib kelinadi.

RC Cola dunyoda 3 katta innovatsiya kiritgan:

1.1958 yilda  birinchi parhez kolasiga asos solingan (avvaliga parhez mahsuloti sifatida chiqarilgan), keng omma uchun 1962 yildan ishlab chiqarila boshlangan.

2. 1964 yilda – birinchi  yuqori darajali pop-soda.

3. 1980 yilda – birinchi kofeinsiz RC Cola.

Bugungi kichik tadqiqot natijasida o‘zim uchun chinakamida «yangicha Amerika ta'mi»ni kashf qildim. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, RC Cola – shubhasiz, Amerikadan keltiriluvchi haqiqiy kola ichimligidir.

Feruza Avazova

Top