Fan-texnika | 18:50 / 03.11.2017
12252
1 daqiqa o‘qiladi

Twitter xodimi ishdan bo‘shaydigan kuni Trampning akkauntini o‘chirib qo‘ydi

Foto: The Independent

Twitter kompaniyasining texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xodimi ishdan bo‘shaydigan kuni AQSh prezidenti Donald Trampning akkauntini (@realDonaldTrump) o‘chirib qo‘ydi. Milliarderning akkaunti 11 daqiqaga ishdan chiqdi. 

Dastlab Twitter'da akkaunt xato tufayli o‘chgani ma'lum qilindi, biroq keyin ichki tergov natijasida bu qasddan qilingani aniqlandi. Trampning Twitter'ini o‘chirgan xodimning ismi sharifi oshkor etilmagan.  

Donald Tramp, o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamadan farqli o‘laroq, AQSh prezidentining rasmiy akkauntidan emas, asosan shaxsiy tvitter sahifasidan foydalanadi.

Mavzuga oid