12:18 / 30.03.2018
21457

Tojikistonda birdaniga uchta yer silkinishi, ularning markazi Rog‘unga yaqin yerda bo‘lgan

Foto: Thinkstock

Bugun ertalab Tojikistonda birdaniga uchta yer silkinishi qayd etildi. Barcha uchta holatda episentr Rog‘undan 7 km uzoqlikda joylashgan edi.

Tojikiston Fanlar akademiyasi Geofizika xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, ilk zilzila ertalab soat 3:54da ro‘y bergan, uning kuchi episentrda 5 ballni tashkil etgan.

Zilzila markazi Dushanbe shahridan 102 kilometr shimoli-sharqda, Rog‘undan 7 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan. Yer osti silkinishi markazida uning kuchi 5 ballni tashkil etdi, Dushanbeda 2-3 ballik yer silkinishi qayd etildi, Rog‘unda esa – 4 ball, deb xabar berdi Tojikiston Fanlar akademiyasining Geofizika xizmati.

Ikkinchi zilzila Tojikiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 4: 24da sodir bo‘ldi. Episentr o‘sha joyda bo‘lgan, yer silkinishi markazida uning kuchi 4 ballni, Rog‘unda 3 ballni tashkil etgan. Dushanbeda bu yer osti silkinishi sezilmagan.

Uchinchi marta yer silkinishi soat 7:10da sodir bo‘ldi. Zilzila markazi o‘sha joyda qayd etildi - Dushanbedan 102 kilometr shimoli-sharqda, Rog‘undan 7 kilometr shimoli-sharqda. Yer osti silkinishi markazida uning kuchi 3-4 ballga teng bo‘ldi, Dushanbeda sezilmagan.

Shu bilan birga, Yevropa-O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazining ma'lumotlariga ko‘ra, zilzila markazida uning kuchi 4,7ni tashkil etdi.

Yer silkinishi episentri Dushanbedan 120 kilometr sharqda, Mo‘minoboddan 69 kilometr shimolda va Rog‘undan 7 kilometr shimoli-sharqda bo‘lgan hamda 15 kilometrlik yer tubida joylashgan.

Qurbonlar va vayronalar yo‘q.

Mavzuga oid
Top