21:40 / 17.05.2018
16036

“Ukam kuniga 5 soatdan hushsiz bo‘lyapti, yordam bering”. Ahrorbekka ko‘mak juda-juda zarur

Chaqirilgan joyga borib, bemorni ko‘rgach, yurak eziladi, anduh chekasan. Suhbatlashish davomida esa uni yanada yaqinroq tushunib, ko‘mak berish uchun bor kuchingni sarflaging keladi. Avvalo, bor umidimiz Yaratgan va ehsonli kishilardan.

Farg‘ona viloyat, Oltiariq tumanining “Obodlik” mahallasida yashovchi Ahrorbek Arabboyevning opasi  ukasining og‘ir bemor ekanligini aytib bizga murojaat qildi. 11 yildan beri bemor yotgan Ahrorbekni yo‘qlab bordik. Bemorning kundan-kunga ahvoli yomonlashib bormoqda.

Unga qo‘yilgan diagnoz:

  • Krupnouzlovoy sirroz pecheni. HBV+(polojitelnyy)
  • Portalnaya gipertenziya.
  • VRVP  2stadii oslojnennoye ostanovivshimsya krovotecheniyem.       
  • Postgemmorgicheskaya anemiya.
  • Splenomegaliya. Astsit.   

Ahrorbek og‘riq bilan o‘tgan o‘n yili davomida mamlakatimizdagi o‘ndan ziyod kasalxonada davolandi. Farg‘ona va poytaxt tibbiyot muassasalarida davolanish hozircha kutilgan samarani bermadi.

“Uzoq davolanish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Dori-darmon, davolanish uchun juda ko‘p mablag‘ ketdi. Yakka o‘g‘il, bittagina opasi bor. Shu o‘g‘limni yashab ketishi uchun harakat qilyapmiz. Mana 20 sotix hovlining yarmini sotib, davolashga ishlatdik”, - deydi uning otasi Rahimjon aka.

Qorin sohasidagi tinimsiz og‘riq, bosh aylanishi, holsizlik, qorin shishidan aziyat chekayotgan yigitning ruhiyatini ko‘tarishga urindik.

Hindistonlik vrachlar ko‘rigida bo‘lish unga umid bag‘ishlabdi. “Jigar ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti orqali tuzalishimni eshitgach, opam o‘z jigarini berishga qaror qildi”, deydi bemor.

Jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasi esa hind yurtida 32 ming AQSh dollari atrofidagi  mablag‘ evaziga qilinadi. Qarindosh-urug‘lar va hovlini sotish evaziga ularda 20 ming dollar yig‘ish imkoniyati bor ekan. Endi, yana 12 ming dollar zarur.

Ahrorbekning tengqur jo‘ralari allaqachon uylanib, bola-chaqali bo‘lib ketishgan. U esa to‘shakda yotibdi. Ota va opasining orzusi uning to‘yini ko‘rish. Mazkur maqolani o‘qib turgan har bir kishidan oddiygina baxtni ko‘zlayotgan oilaning  orzusi armonga aylanmasligi uchun  yordam berishlarini so‘raymiz.

Ko‘pchilik bilan yuqoridagi mablag‘ni yig‘ish mumkin ekanligini saytimiz o‘quvchilarining tajribasidan o‘tgan.

O‘ylaymizki, Ahrorbek Arabboyevning ahvoli sizlarni befarq qoldirmaydi.

P.S Maqola va videolavhani tayyorlash davomida Ahrorbekning opasi qo‘ng‘iroq qilib, ukasining sutkasiga 3-4 soat hushsiz holga tushayotganini aytdi. U yana Oltiariq tumani kasalxonasida ekan. 

Xayriya qilmoqchi bo‘lgan uchun qo‘shimcha ma'lumotlar:

Plastik karta raqami (Click/Payme): 8600 0417 7287 5002 (Agrobank) Rahim Arabboyev(otasi)

Manzil: Farg‘ona viloyati, Oltiariq tuman, Obodlik ko‘chasi 34-uy

Telefon: +99891 110 23 27 Ahrorbek Arabboyev

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top