20:38 / 19.05.2018
4959

A Seriya. «Yuventus» Buffonning so‘nggi o‘yinida g‘alaba qozondi

Foto: REUTERS

Italiya chempionatida 38-tur o‘yinlari boshlandi.

«Yuventus» o‘z maydonida «Verona» bilan bellashib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bu Janluiji Buffon uchun xayrlashuv o‘yini bo‘ldi, endi posbon jamoani tark etadi.

Bu bahs natijasi hech qanday ahamiyatsiz edi: «Yuventus» muddatidan oldin chempion bo‘lgan, «Verona» esa A Seriyani tark etgan.

Italiya chempionati, 38-tur

Yuventus – Verona 2:1 
19 may, «Alyants Stedium» 
Gollar: 1:0 – 49 Rugani, 2:0 – 52 Pyanich, 2:1 – 76 Cherchi. 
Yuventus – Buffon (Pinsolo, 63), Bardzali, Aleks Sandro, Lixtshtayner, Rugani, Markizio, Pyanich, Sturaro (Bentankur, 44), Duglas Kosta (Iguain, 66), Dibala, Manjukich.
Verona – Nikolas, Ferrari, Karachcholo (Bearzotti, 46), Suprean, Fares, Aarons (Sukulini, 62), Romulo, Dantsi, Fossati, Rider Matos (Petkovich, 81), Cherchi.
Ogohlantirishlar: Fares (51), Fossati (58).

Foto: Getty Images
Mavzuga oid
Top