Sport | 10:26 / 16.10.2018
8374
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyaning 15 yillik seriyasiga barham berildi

Foto: Squawka

Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasining 4-turida Angliya termasini qabul qilib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Shu tariqa, Piriney yarimoroli jamoasining o‘z maydonida o‘tgan rasmiy uchrashuvlardagi 15 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topdi. Ispaniya rasmiy o‘yin mezboni sifatida so‘nggi marta 2003 yil iyun oyida Yevro-2004 saralashi doirasida Gretsiyaga imkoniyatni boy bergan edi – 0:1.

Shundan buyon o‘tgan 5609 kun davomida «qizil furiya» o‘z maydonidagi ahamiyatli bahslarning 34tasida g‘alaba qozonib, 4ta durang qayd etgan. Jami hisobda 38 o‘yindan buyon ispanlarni o‘z yurtida kechgan rasmiy bahsda mag‘lub etadigan terma jamoa topilmayotgan edi.

Yana bir diqqatga sazovor jihat shundaki, Ispaniya termasi o‘z uyidagi rasmiy o‘yinlarda hali hech qachon bu qadar ko‘p gol o‘tkazib yubormagan edi. Inglizlar kechagi bahsda uchta gol kiritib, ispanlarning bu boradagi tarixiy natijasiga ham chek qo‘yishdi.

Mavzuga oid