19:08 / 26.10.2018
20644

Mariya Zaxarova boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi

O‘zbekiton – Rossiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturiga binoan bugun, 26 oktabr kuni Toshkent shahrida tashqi siyosatni axborot bilan ta'minlash va OAV bilan ishlash masalalari bo‘yicha vazirliklararo maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya TIV delegatsiyasiga Axborot va matbuot departamenti direktori Mariya Zaxarova boshchilik qildi.

Uchrashuvda ommaviy axborot vositalari bilan ishlash sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilingan, tajriba almashilgan.

Rossiya delegatsiyasi shu kunning o‘zida JIDU o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Mavzuga oid
Top