12:06 / 24.12.2018
15462

Xitoyda Ichki Mo‘g‘uliston banki rahbari o‘lim jazosiga hukm qilindi

Foto: AFP

Ichki Mo‘g‘uliston Banki (XXR shimolidagi muxtor hudud) sobiq rahbari Yan Chenlin 21 dekabr kuni o‘lim jazosiga hukm qilindi, uning barcha mol-mulki musodara etiladi. Bu haqda RG Xitoy markaziy televideniyesiga asosan xabar bermoqda.

Baotou shahri oraliq pog‘onadagi Xalq sudining bunday qattiq qaroriga amaldor 307 million yuan (44,5 mln dollardan ortiq) miqdorida mulk hamda pul mablag‘larini noqonuniy tarzda o‘zlashtirishda ayblangani sabab bo‘ldi.

«Ayblanuvchining harakati jamiyatga juda katta salbiy ta'sir ko‘rsatdi, mamlakat va xalq manfaatlariga zarar yetkazdi», - deyiladi qarorda. Jazoni ijro etish muddati ikki yilga qoldirildi. Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, hukmni yumshatib bo‘lmaydi.

Oraliq xalq sudi Xitoyning ikkinchi eng yirik xalq sudi hisoblanadi. XXR Xalq sudlari Asosiy qonuniga binoan, oraliq xalq sudlari birinchi instansiyada tegishli muhim mahalliy ishlarni, shuningdek, asosiy xalq sudlarining apellyatsiya ishlarini ko‘rib chiqadi.

Top