16:00 / 03.01.2019
25571

Xitoyda 11 ayol va qizni o‘ldirgan qotil qatl etildi

Foto: VCG/VCG via Getty Images

Xitoyda OAV «yoruvchi Jyek» deb nomlagan Gao Chengen ismli turkum qotil qatl etildi. U 1988 yildan 2002 yilgacha 11 nafar ayol va qizning umriga zomin bo‘lgan. Bu haqda BBC xabar qildi.
54 yoshli qotil Gansu provinsiyasida yashagan va 2016 yilda qo‘lga olingan.

U birinchi qotillikni 1988 yil mayida amalga oshirgan. O‘shanda 23 yoshli ayol uning qurboniga aylangan. Uning so‘nggi qurboni 8 yoshli qizaloq bo‘lgan. 

Gao Chengen 2016 yilning avgustida DNK tekshiruvidan so‘ng qo‘lga olingan va 2017   yilda sud uni o‘lim jazosiga hukm qilgan.

Foto: Reuters
Top