12:01 / 21.12.2019
0
2335

Diyego Forlan – «Penyarol» klubi bosh murabbiyi

«Atletiko» va «MYu» klublarining sobiq hujumchisi Diyego Forlan Urugvayning «Penyarol» klub bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lum qildi.

«Penyarol» Urugvay chempionatida 17ta turdan so‘ng 2-o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Forlan shu yilning avgust oyida futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. Urugvaylik sobiq hujumchi 2015-2016 yillarda «Penyarol» safida o‘ynagan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top