Britaniya tashqi razvedkasi MI6’ga yangi rahbar tayinlandi
Britaniyalik diplomat Richard Mur Britaniya tashqi razvedkasi xizmati MI6’ning yangi rahbari etib tayinlandi.
Britaniya hukumati saytida ma'lum qilinishicha, tashqi ishlar vaziri Dominik Raab bosh vazir Boris Jonsonning roziligi bilan Murni MI6’ga rahbar etib tayinlashni ma'qullagan.
Mur bu lavozimda MI6’ga 2014 yildan beri rahbarlik qilib kelgan Aleks Yangerning o‘rnini egallaydi. Yanger esa razvedka xizmatini kuzda tark etadi.
“Men bu tayinlovdan xursandman. Richard razvedkaning tajribali zobiti hisoblanadi va biz uning xizmatga qaytishini intiqlik bilan kutib qolamiz”, deb aytgan Yanger.
Richard Mur 2018 yildan beri Britaniya tashqi ishlar vazirligida siyosiy masalalar bo‘yicha direktor lavozimini egallab keladi. Avvalroq u MI6 bo‘limlaridan biriga rahbarlik qilgan. Mur, shuningdek, Britaniya bosh vazirining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimini egallagan. U 2014-2017 yillarda Britaniyaning Turkiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
13:07 / 09.11.2024
Qozog‘iston Britaniya sanksiyalariga duchor bo‘lgan kompaniyalari haqida izoh berdi
17:59 / 08.11.2024
Britaniyada erkak gazli ichimliklarga qaramlikdan qutulish uchun gipnozdan foydalandi
09:05 / 07.11.2024
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi
17:36 / 04.11.2024