Joriy yilning 11 yanvaridan an'anaviy tarzda o‘qish jarayoniga qaytgan Oliy ta'lim muassasalarida talabalar qishki sessiya jarayonini o‘tkazishmoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/6/NX4a008dLLS7ad7bBIqFbOrsTN7i0DWP.jpg)
O‘zbekiston davlat Konservatoriyasida imtihonlarda shaffoflikni ta'minlash maqsadida talabalarni baholash uchun boshqa OTM lardan professor- o‘qituvchilar jalb etildi va barcha ijtimoiy hamda gumanitar fanlardan o‘tkaziladigan oraliq imtihonlar taklif etilgan professor - o‘qituvchilar, kafedra mudiri hamda rektor tomonidan nazorat qilinadi. Mazkur yo‘nalishlardan ta'lim bergan o‘qituvchilar imtihon jarayonida ishtirok etishmaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad - imtihonlarning shaffof tarzda o‘tishi va har bir talaba o‘z bilimiga yarasha baholanishi natijasida ta'lim sifatini yaxshilash. Bundan tashqari imtihonlarni istagan inson onlayn translatsiya orqali ham http://konservatoriya.uz sayti orqali kuzatishi mumkin. Konservatoriyada imtihonlar jarayoni 12 yanvardan 25 yanvarga qadar shu tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.