00:26 / 22.12.2022
7773

«Yamal» aviakompaniyasi O‘zbekiston shaharlariga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ydi

Samolyotlar Sankt-Peterburgdan Namangan va Urganchga parvoz qiladi.

Foto: TASS

Rossiyaning «Yamal» aviakompaniyasi qishki parvozlar dasturi doirasida Sankt-Peterburgdan Namangan va Urganch shaharlariga muntazam reyslarni ochdi. Samolyotlar har hafta parvoz qiladi.

Jumladan, Namangandan Sankt-Peterburgga parvoz shanba kunlari mahalliy vaqt bilan soat 19:55 da, qarama-qarshi yo‘nalishda soat 22:50 da amalga oshiriladi. 

Urganchdan parvoz payshanba kunlari soat 12:35 da, Urganchga uchish soat 14:00 da belgilangan. Parvozlar Airbus A321 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid
Top