Ramazon oyi 29 kun ham bo‘lishi mumkin - G‘ulomiddin Xolboyev
Fatvo markazi direktori o‘rinbosari ro‘za hayiti qachon nishonlanishi haqidagi savolga javob berdi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo markazi direktori o‘rinbosari, Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi G‘ulomiddin Xolboyev Ramazon oyi necha kun bo‘lishi haqidagi savolga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ramazon oyi 29 kun bo‘lishi ham mumkin, buning sababi Oyga bog‘liq.
«Ramazon 29 kun bo‘lishi mumkin. Chunki shu paytgacha musulmonlar bir necha marta mana shunday 29 kun qilib ro‘za tutgan. Buning sababi Oyga bog‘liq. Masalan shamsiy oylar necha kun bo‘lishi aniq. Lekin ibodat qamariy oylar bilan hisob-kitob qilinadi. Bunday oylar yo 29 kun yo 30 kun bo‘ladi. Oyning chiqishiga qarab farq qiladi», dedi G‘ulomiddin Xolboyev.
Uning ta’kidlashicha, Ramazon hayitining ilk kuni borasida muftiy boshchiligidagi ishchi guruh, ulamolar izlanmoqda. Tez orada bu bo‘yicha ma’lumot taqdim etiladi.
Mavzuga oid
10:39 / 16.06.2024
100 yil oldin O‘zbekistonda Qurbon hayiti qanday nishonlangan? Arxiv suratlar
13:49 / 13.06.2024
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
19:34 / 12.06.2024
Hayit kuni Toshkentda yuk mashinalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi
15:16 / 12.06.2024