23:06 / 08.07.2023
23026

Angliya - Yevro U-21 chempioni 

Foto: Getty images

Gruziya va Ruminiyada o‘tgan futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati yakuniga yetdi. 

Finalda Angliya Kertis Jonsning yagona goli evaziga Ispaniya ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. E’tiborlisi, ispanlar 90+8-daqiqada penaltidan foydalana olishmadi. 

Yevro-2023 U-21. Final
Angliya — Ispaniya 1:0

8 iyul, Batumi
Gol: Jons (45+4).
Aniq amalga oshirilmagan penalti: Ruis (90+8). 
Angliya U-21 – Trafford, Harvud-Bellis, Koluill, Aarons, Palmer (Elliott, 83), Smit-Rou (Madueke, 66), Gomes (Skipp, 73), Jons, Garner, Gibbs-Uayt (Archer, 73), Gordon (Doyl, 83).
Ispaniya U-21 – Tenas, Viktor Gomes (Barrenechea, 73), Pacheko, Paredes, Miranda, Serxio Gomes, Antonio Blanko (Kamelo, 83), Aleks Baena (Oros, 59), Sanset (Veyga, 59), Rodri (Rikelme, 59), Abel Ruis.
Ogohlantirishlar: Gomes (24), Aleks Baena (34), Antonio Blanko (37), Koluill (45), Sanset (45), Oros (62), Gibbs-Uayt (69), Trafford (74), Rikelme (86).

Mavzuga oid
Top