O‘zbekiston | 18:51 / 24.07.2023
23193
2 daqiqa o‘qiladi

Nukus davlat pedagogika instituti prorektori pora bilan ushlandi

U 3 ming dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da berganlikda gumonlanyapti.

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti prorektori ushlandi.

Qayd qilinishicha, NDPI prorektori M.J. fuqaroni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yishga va’da berib, evaziga 3 ming dollar pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, institutga Bayram Otemuratov rektorlik qiladi. Shuningdek, Mirzamurat Ajimuratovich Jumamuratov o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, Quvondiq Ayitbayevich Qodirov yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Nargiza Polatovna Babaniyazova ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, Rashid Qurbanbayevich Ibadullayev moliya va iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat yuritib keladi.

Mavzuga oid