Toshkentda birovning nomiga 30 mln so‘m kredit olgan shaxs ushlandi
Gumonlanuvchi birovning ma’lumotlarini qo‘lga kiritib, uning nomiga bank ilovasi orqali 30 mln so‘m kredit rasmiylashtirgan. So‘ng pullarni o‘z kartasiga o‘tkazib olgan.
Toshkent shahri Mirobod tumanida yashovchi, 61 yoshli Sh.O. IIBga murojaat qilib, o‘zining nomiga onlayn kredit olinganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashovchi, 39 yoshli S.A. sodir etgani aniqlangan
Unga ko‘ra, S.A., fuqaro Sh.O.ga sms orqali soxta havola yuborib, uning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan. So‘ng Sh.O.ning nomidan ro‘yxatdan o‘tib, onlayn tarzda 30 mln so‘m kredit rasmiylashtirgan va pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib olgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.A.ning sodir etilib, fosh qilinmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
19:25 / 31.10.2024
Toshkentda issiqlik energiyasi tarifi yana oshirildi
07:30 / 31.10.2024
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
19:41 / 30.10.2024
Toshkentga to‘rtta kirish darvozasi quriladi
09:00 / 23.10.2024