O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasi taqiqlanishi mumkin
Tahlillarga ko‘ra, elektron sigaretalarni chekuvchi o‘smirlar va yoshlar salmog‘i katta yoshdagilarga nisbatan uch barobar ko‘p.
“Ayrim qonun hujjatlariga tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalari, elektron sigaretalar hamda tamakini qizdirish tizimlarini, shu jumladan ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining muomalasini taqiqlash va javobgarlik belgilash bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, elektron sigaretalarni chekuvchi o‘smirlar va yoshlar salmog‘i katta yoshdagilarga nisbatan uch barobar ko‘p.
Hujjatda aytilishicha, maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari orasida elektron sigaretalarga qiziqish tez sur’atlarda ortmoqda, xususan, 26,6 ming o‘g‘il bolalar va 8,6 ming qiz bolalar chekishga moyil;
Maktab va jamoat joylarida o‘tkazilgan reydlarda o‘quvchilardan olingan elektron sigaretalar soni yildan yilga tobora oshib bormoqda. 2019 yilda 6 ta holat, 2020 yilda - 27 ta, 2021 yilda - 31 ta, 2022 yilda - 856 ta, 2023 yilda – 1040 ta aniqlangan.
18-29 yoshdagi aholi orasida tamakini qizdirish tizimidan foydalanish darajasi (252 ming nafar) 30-69 yoshdagi aholiga (94,2 ming nafar) nisbatan 2,5 baravardan ko‘p. Agar zarur choralar ko‘rilmasa, kelgusida yosh avlodning har beshinchisi (20 foiz) nikotinga qaramlikdan aziyat chekadi.
Shu munosabat bilan:
- birinchidan, O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasini taqiqlash;
- ikkinchidan, ushbu mahsulotlar muomalasini taqiqlash bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanishi mumkin.
O‘zbekistonda elektron sigaretalar va tamakini qizdirish tizimlari muomalasini taqiqlash maqsadida loyihada qator jihatlar nazarda tutilmoqda.
“Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunga tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, elektron sigaretalar hamda tamakini qizdirish tizimlarini, shu jumladan ayrim turdagi tamaki mahsulotlarini mamlakatga olib kirish, O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilish hamda O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish, realizatsiya qilishni taqiqlovchi taalluqli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, realizatsiya qilish, shuningdek O‘zbekiston hududiga olib kirish va O‘zbekiston hududidan olib chiqish, shuningdek O‘zbekiston hududi orqali tranzit qilish, shunday harakatlarni sodir etgan aybdor shaxslarni ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi normalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga, Jinoyat kodeksiga kiritilmoqda.
Shu bilan bog‘liq jinoyat ishlarini yuritish tartibini belgilash maqsadida Jinoyat-protsessual kodeksga mos ravishda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Mavzuga oid
21:00 / 09.10.2024
Olimlar 75 yoshda ham tamaki chekishni tashlash inson umrini uzaytirishini aniqladi
00:49 / 31.08.2024
Buyuk Britaniya ko‘chalarida tamaki chekish qoidalari kuchaytiriladi
16:34 / 30.08.2024
AQShda tamaki mahsulotlarini sotish qoidalari kuchaytirilmoqda
16:00 / 30.08.2024