16:53 / 22.04.2024
2653

Toshkent va Namangan viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

2024 yil 23-30 aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo harorati o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda qor ko‘chishi ehtimoli bor:

Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati: Pop tumani.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Mavzuga oid
Top