O‘zbekiston | 19:08 / 01.05.2024
4000
3 daqiqa o‘qiladi

2024 yilda arxiv hujjatlarining qanchasi maxfiylikdan chiqarilgani ma’lum qilindi

2024 yil birinchi choragida 1917 yilgacha bo‘lgan hujjatlar ichidan 12 ta fond va 78 ta yig‘majild maxfiylikdan chiqarilgan.

2024 yilning o‘tgan 3 oyi davomida O‘zbekiston milliy arxivlari va respublika davlat arxivlari tomonidan jami 1 030,0 ming saqlov birligidagi 70,1 mln kadr raqamlashtirilgan. Bu haqda «O‘zarxiv» agentligi AOKAda o‘tgan matbuot anjumanida ma’lumot berdi.

Shuningdek, anjumanda qancha hujjat maxfiylikdan chiqarilgani haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan 1917 yilgacha bo‘lgan hujjatlardan 12 ta fond, 78 ta yig‘majilddagi hujjatlar o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilib, tadqiqotchilar uchun ilmiy muomalaga kiritilgan.

Ular quyidagilar:

– I-1 «Turkiston general gubernatorining Devonxonasi» (1868-1917y.) fondining 26 saqlov birligida;

– I-3 «Buxorodagi Russiya imperatorlik siyosiy agentligi” (1886-1918y.) fondining 2 saqlov birligida;

– I-5 «Zarafshon okrugi boshlig‘ining Devonxonasi” (1868-1886y.) fondining 4 saqlov birligida;

 – I-16 “Sirdaryo rayonida axolini ko‘chirish boshqarmasi” fondining 1 saqlov birligida; I-18 “Samarqand viloyati boshqaruvi” fondining 5 saqlov birligida;

– I-19 «Farg‘ona viloyati boshqarmasi” (1876-1917y.) fondining 2 saqlov birligida; – I-46 “Turkiston bojxona okrugi boshqarmasi”fondining 2 saqlov birligida;

– I-130 “Samarqand viloyati sudi” fondining 1 saqlov birligida; I-194 «Patta Gisar bojxonasi” (1894-1916y.) fondining 7 saqlov birligida;

– I-278 “Samarqand viloyati sudi o‘rtoq prokurori” 1 saqlov birligida; I-715 «Polkovnik A.G.Serebryannikov tomonidan tayyorlangan “Turkiston o‘lkasi. Uni bosib olinishi tarixiga oid materiallar to‘plami” mavzusiga bag‘ishlangan hujjatlar nashriga oid ma’lumotlar (1839-1897 yy) fondining 25 saqlov birligida;

– I-722 «Turkiston xarbiy okrugi shtabi” (1865-1917y.) fondining bitta saqlov birligidagi yig‘majildlari.

Mavzuga oid