Kanadada O‘zbekiston bosh konsulxonasini ochish rejalashtirilmoqda
Kanada, Braziliya, Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundlari tashkil etiladi.
2025 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.
Kanada, Braziliya va Amerika qit’asining boshqa yetakchi hamkor mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va har tomonlama kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Kanada, Braziliya, Kuba bilan siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundlari tashkil etiladi.
Kanadada O‘zbekiston Bosh konsulxonasini ochish masalasi ishlab chiqiladi.
Braziliya, Kanada, Argentina va boshqa yetakchi davlatlarning salohiyatli kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish orqali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va turli iqtisodiy tadbirlar tashkil etish masalasi ishlab chiqiladi.
Kuba bilan sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.
Lotin Amerikasida qishloq xo‘jaligi sohasi rivojlangan mamlakatlarning mutasaddi vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi va o‘zaro tajriba almashiladi.
Madaniy va sport sohasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun O‘zbekiston va Lotin Amerikasi davlatlarida tashkil etiladigan turli tadbir va festivallarda soha vakillari ishtiroki ta’minlanadi.
Mavzuga oid
02:27
Tramp Kanadaga nisbatan «adolatsiz tariflar» joriy qilsa, keskin javob qaytaramiz - bosh vazir Tryudo
20:00 / 17.01.2025
“Shartlar juda qiyin” - Kanadaga biror o‘zbekistonlik ishga jo‘natilmadi
21:31 / 10.01.2025
“Tramp bezori, Mask esa tentak” – kanadaliklar AQSh tarkibida bo‘lishni xohlaydimi?
17:27 / 09.01.2025