15:35 / 01.05.2015
1793

Airbus Germaniya maxfiy xizmatini sanoat josusligida ayblamoqda

618745

Kun.uz: Fransiyaning Airbus kompaniyasi Germaniya hukumatiga murojaat qilib, unga nisbatan sanoat josusligi amalga oshirilganligini da'vo qildi. Kompaniya huquqshunoslarining taxminicha, Germaniya maxfiy xizmati AQSh Milliy xavfsizlik agentligiga Yevropaning yirik kompaniyalari, shu jumladan, Airbus’ning ham faoliyati yuzasidan ma'lumot to‘plashga yordam berib kelgan. Ma'lum bo‘lishicha, matbuotda bir necha kun muqaddam Germaniya va AQSh Fransiya sanoat tashkilotlarida “texnologiyalar o‘g‘irlash” maqsadida josuslik kuzatuvi o‘rnatgani haqida ma'lumot tarqalgan edi. Airbus kompaniyasining da'vosiga mana shu xabarlar asos bo‘lib xizmat qilgan. Endilikda u josuslikni amalga oshirgan yoki bu ishni tashkillashtirgan “noma'lum shaxslar”ni sudga berishni rejalashtirmoqda.

Top