16:41 / 01.05.2015
2401

Antonin Panenka Messining "panenka" uslubidagi golini e'tirof etdi

Fabrika Formatov1430380554_extras_noticia_foton_7_3 Kun.uz: O‘tgan asrda Chexoslovakiya terma jamoasida faoliyat olib borgan Antonin Panenka "Barselona" jamoasi hujumchisi Lionel Messining La-liga doirasidagi navbadagi tur o‘yinida "Xetafe" darvozasiga 11 metrlik jarima nuqtasidan "panenka" uslubida urgan goli shu uslubda urilgan gollarning eng yaxshisi bo‘lgani haqida gapirib berdi. "Bu mening nomim bilan nomlanadigan penalti tepish ijrosining eng mukammal ko‘rinishi bo‘ldi. Uning ijrosida to‘p eng kerakli tezlikda, aniq va aylanma harakat bilan darvozaga kiritildi. Bu gol Messining texnikasi naqadar kuchli ekanidan darak beradi", deydi Panenka RAC1 nashriga bergan intervyusida. xab-
Top