09:17 / 01.05.2015
2100

Baltimordagi namoyishchilarga qarshi kurashuvchi ko‘ngillilar paydo bo‘lmoqda

BaltimoreBatman_17323 Kun.uz: Baltimorda yangi Betmen paydo bo‘ldi. U machete bilan qurollangan holda tartibsizliklar vaqtida hujumga uchrashi mumkin bo‘lgan do‘konlar va boshqa binolarni qo‘riqlashga harakat qilmoqda. Bu haqda local21news portali orqali xabar qilingan. Brayan Vudiyard (Brian Woodyard) ism-familiyali bu qahramonning ism familiyasidagi bosh harflar komikslar qahramoni Bryus Ueynniki (Bruce Wayne) bilan bir xilligiga ham e'tibor qaratilmoqda. U ko‘ngilli ravishda binolar qo‘riqchilariga yordam berish maqsadida yetib kelgan. Do‘konlardan birida ichimlik va oziq-ovqat mahsulotlarini talon-taroj qilayotgan namoyishchilar guruhi uning machetesidan qo‘rqib, do‘konni tark etishgan. xab-
Top