15:23 / 01.05.2015
2150

Femen guruhi faollari Marin Le Penning Janna d'Ark haykali poyiga gulchambar qo‘yishiga to‘sqinlik qildi

89404840

Kun.uz: Fransiyada 1 may kuni bo‘lib o‘tadigan an'anaviy parad chog‘ida Femen guruhining uch nafar faoli “Milliy front” partiyasi rahbari Marin Le Penning Janna d'Ark haykali poyiga gulchambar qo‘yishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda guruhning Tvitterdagi sahifasida ma'lum qilindi. Aytilishicha, qizlar Le Penning qarshisiga yugurib chiqib, “Marin, xayl!” deb qichqirgan. Ilgari guruh Le Pen xonimga qarshi boshqa aksiyalar ham uyushtirgan edi.

Top