08:59 / 01.05.2015
1999

Italiyaliklardan biriga Rim papasi qo‘ng‘iroq qilganida ikki marta telefon o‘chirib qo‘yildi

Fabrika FormatovScreenshot_1 Kun.uz: Rim papasi Italiya fuqarosi Franko Rabuffiiga telefon qilganida ikki marta unga javob berilishi o‘rniga trubka qo‘yib qo‘yildi. Bu haqda L'Osservatore Romano gazetasiga asoslangan holda France 24 xabar bermoqda. Xabarda aytilishicha, pontifik o‘ziga xat yozgan shaxslar bilan telefon orqali gaplashmoqchi bo‘lgan, ammo qavm a'zolaridan biri shaxsan papaning o‘zi telefon qilayotganiga ishonmasda, trubkani bosib qo‘ygan. Ma'lum qilinishicha, Rabuffi og‘ir dardga chalingani uchun papa unga taskin berish maqsadida telefon qilgan. Uchinchi marta qo‘ng‘iroqdan keyingina Rabuffi bu papaning o‘zi ekaniga ishongan va bundan oldingi odobsizligi uchun uzr so‘ragan holda u bilan gaplashgan. xab-1
Top