09:54 / 01.05.2015
2411

Milliarder Devid Rokfeller oltinchi marta yuragini ko‘chirdi

david-rockefeller AQShning 99 yoshli milliarderi Devid Rokfeller oltinchi marta muvaffaqiyat bilan yurak ko‘chirish amaliyotidan o‘tdi. World News Daily Report nashrining ma'lum qilishicha, jarrohlik amaliyoti milliarderning Nyu-Yorkdagi uyida o‘tkazilgan bo‘lib, olti soat davom etgan. Amaliyotdan 36 soat o‘tgach, Rokfeller jurnalistlar bilan muloqot qildi. “Har safar yuragimni almashtirganimda hayot nafasi tanamdan o‘tganday bo‘ladi. Men kuch va hayotni his qilaman”, - deb ta'kidladi u. Uning fikricha, uzoq umr ko‘rishning asosiy siri hayotga bo‘lgan muhabbatdadir. U hazil tariqasida 200 yoshgacha yashamoqchi ekanligini qo‘shib qo‘ydi. xab-
Top